Zidan: Kelgusi mavsum "Real"da darvozabon masalasida savol qolmaydi

  • 2 aprel, 2019, 16:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bu narsa kelgusi yilda jamoamiz safida qaysi darvozabonlar bo‘lishiga bog‘liq. Hozirda bizda uch nafar yuqori saviyadagi darvozabon bor va mavsumni ular bilan birgalikda yakunlaymiz. Ko‘ramiz, keyin nima bo‘larkin.

Lekin men bahs va munozaraga o‘rin qoldirmayman. Kelgusi mavsumda bizda darvozabon borasida xech qanday savolga o‘rin qolmaydi. Barchasi aniq va shaffof bo‘ladi", - deb frantsiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda "qirollik klubi" asosiy jamoasida 3 nafar darvozabon mavjud. Bular Keylor Navas, Tibo Kurtua va Lyuka Zidanlardir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!