
Zidan Messiga ustozlik qiladi?!
O‘z vaqtida PSJ rahbarlari Zinedin Zidan bilan bog‘lanib, uni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilishgan edi. Frantsiyalik mutaxassis o‘shanda taklifni rad etgan, ammo endi u buni qabul qilishga tayyor.
Jurnalist Adrien Grenier o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilishicha, ayni damda Maurisio Pochettinoning PSJdagi taqdiri xavf ostida emas. Biroq, Parij klubi kutilgan natijaga erisha olmasa va Pochettino iste’foga chiqarilsa, aynan Zidan Liga 1 grandining navbatdagi murabbiyiga aylanishi mumkin.
PSJ bugun chempionatning navbatdagi turi doirasida amaldagi chempion “Lill”ni qabul qiladi.
Fikrlar