Zidan PSJga "Real"dagi sobiq jamoadoshini olib keladi

  • 11.06.2022 16:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJning bo‘lajak bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Real"dagi sobiq jamoadoshi Klod Makeleleni Parij klubiga taklif qilishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq bir qator ishonchli manbalar PSJ rahbariyati Zidan bilan kelishuvga erishgani va frantsiyalik mutaxassis tez orada Maurisio Pochettinoning o‘rnini egallashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jurnalist Kleman Karpantening so‘zlariga ko‘ra, aynan Makelele Zidanning PSJdagi yordamchisi bo‘lishi mumkin.

Zidan va Makelele o‘z vaqtida "Real" klubi hamda Frantsiya terma jamoasida birga o‘ynagan. Klod 2019 yildan buyon "Chelsi"ning yoshlar jamoasida ishlab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!