
Zidan “Real”ga Angliyaning eng iqtidorli o‘yinchisini olib keladi
Zinedin Zidan “Real” tarkibini kuchaytirish uchun “Aston Villa” va Angliya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘plab jamoalar e’tiborini qozongan Jek Grilishni olib kelishni istamoqda.
Frantsiyalik murabbiy 25 yoshli yarim himoyachini zamonaviy futbolning eng yorqin iste’dodlaridan ekanini ta’kidlab, uni “Angliya premer-ligasining noyob javohiri”, deb ta’riflayapti.
2013 yildan buyon “Aston Villa” sharafini himoya qilayotgan futbolchi joriy mavsumda ettita o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va beshta golli pas uzatdi. Ayni paytda transfer summasi 100 million evroga baholanayotgan Grilishga “Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Real” rahbari bir shart evaziga Ramosga javob berib yuborishga tayyor
“Chelsi” supertransferga tayyor. Abramovich bu futbolchi uchun 100 million ajratdi
“Milan” Ibrohimovich o‘rniga hujumchi oladi
Fikrlar