Zidan superrekord ostonasida

 
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 15-turida klub tarixidagi rekordni qayd etishi mumkin. Buning uchun Krishtianu Ronaldu va uning jamoadoshlari o‘z maydonida "Deportivo"ga yutqazib qo‘ymasa bo‘ldi.
 
Agar jamoa o‘zi uchun ijobiy natija qayd etsa Zinedin Ziden gollandiyalik murabbiy Leo Benxakkerning rekordini takrorlagan bo‘ladi. Benxakker boshchiligidagi "Real" ketma-ket 34 ta uchrashuvni mag‘lubiyatsiz yakunlagan. O‘tgan turda "Real" Kataloniyada "Barselona" bilan durangga erishib, mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini 33 taga etkazdi.
 
Mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bo‘yicha "Barselona" ustozi Luis Enrike etakchi. O‘tgan mavsumda uning shogirdlari mag‘lubiyatsiz o‘yinlari adadini 39 taga etkazdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!