Zidan yangi mavsumda "Real"ning asosiy darvozaboni kim bo‘lishini ma’lum qildi

  • 4 aprel, 2019, 16:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi mavsumda jamoaning asosi darvozaboni sifatida Tibo Kurtuadan foydalanadi.

ABC nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoaning kosta-rikalik posboni Keylor Navas  katta ehtimol bilan yozda klubdan ketadi. Mavsusni "Leganes" safida ijarada o‘tkazayotgan Andrey Lunin esa ikkinchi darvozabonga aylanadi.

Zidanning o‘g‘li Luka esa "Real"da uchinchi darvozabon vazifasini bajaradi.

Ma’lumot uchun, Kurtua joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 10tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!