
Zidanga yangi jamoa topildi
“Real”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan “Chelsi”ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxatiga kiritildi.
“Chelsi” rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Grem Potter faoliyatidan qoniqmayapti. Krub qishki transferlar bozorida 330 million evrodan ortiq mablag‘ sarflab, yangi o‘yinchilarni olgan bo‘lsa-da, natijalar pasayishda davom etmoqda.
Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” Potter o‘rniga to‘rtta murabbiydan birini olib kelishni mo‘ljallamoqda. Ro‘yxatga Zidandan tashqari Maurisio Pochettino, Diego Simeone va Luis Enrike kiritilgan.
O‘tgan yili Zinedin Zidanni “Manchester Yunayted” rahbarlari ishga taklif qilgandi. Lekin frantsiyalik mutaxassis ingliz tilini bilmasligini ro‘kach qilib, chorlovni rad etgandi.
Fikrlar