
Zidanning keyingi manzili ma’lum
Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Frantsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi, deya xabar berdi jurnalist Serxio Valentin.
Manbaga ko‘ra, 50 yoshli murabbiy noyabr oyida boshlanadigan Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng Frantsiya terma jamoasini boshqaruviga keladi. Zidan Frantsiyaning hozirgi ustozi Dide Deshamning o‘rnini egallaydi.
Zidan avvalroq yana murabbiylikka qaytishga yaqin ekanini aytgandi.
Zidan 2016 yildan 2021 yilgacha "Real"ni boshqargan. Frantsuz boshchiligida madridliklar ikki karra Ispaniya chempioni, uch karra Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi, shuningdek, ikki martadan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar