Zieshni La Ligada kutishmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" hujumchisi Xakim Ziesh faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda ispan nashrlari.

27 yoshli marokashlik London klubiga moslashish jarayoni qiyin kechmoqda. Shuningdek, yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel ham uni o‘zining keyingi rejalariga kiritishi so‘roq ostida turibdi. Xabar qilinishicha, agar "Atletiko" yozda bir qancha futbolchilarni sotib yuboradigan bo‘lsa, unda klub londonliklar uchun kelishuv tayyorlab qo‘yadi.

"Chelsi"ga 40 million evro evaziga "Ayaks"dan ko‘chib o‘tgan Ziesh ortda qolgan davr mobaynida barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda 2 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!