
Zinchenko "Evro-2020"dan olgan pullarini bolalar kasalxonasiga xayriya qildi
Ukraina terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko “Evro-2020”da qatnashgani uchun olgan barcha pullarini xayriya qildi, deb xabar bermoqda Ukraina terma jamoasi matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, Zinchenkoning ushbu pullari Lvovda bolalar kasalxonasiga taniqli plastik jarroh Klaus Eksnerning Germaniyadan kelishi uchun pul to‘langan. Bir hafta davomida nemis mutaxassisi tug‘ma va kuyishdan keyingi jarohat olgan bolalarni operatsiya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina terma jamoasi Evropa chempionatida chorak finalga qadar etib bordi.
Andrey Shevchenko boshchiligadagi jamoa 1/4 finalda Angliya terma jamoasiga 0:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar