Zinchenko xotiniga zo‘r sovg‘a yubordi (FOTO)

  • 13.09.2020 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko xotini Vladaga Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramosning futbolkasini sovg‘a qildi.

“Ramosning futbolkasidan ko‘ra, uyga 3 ochko yuborganim yaxshiroq edi. O‘yindan so‘ng, u bilan o‘zaro futbolka almashdik. Undan mening libosim kerakmi?, - deb so‘radim, u oldi”, - deydi Zinchenko.

Aleksandr Zinchenko va Vlada Sedan joriy yilning 12 mart kuni Buyuk Britaniyadagi Ukraina elchixonasida nikohdan o‘tgan.

1c5d7daf6201.jpg

Ukraina terma jamoasi UEFA Millatlar ligasining 2-turida safarda Ispaniyaga 4:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!