Zlatan Ibrohimovich “Inter” muxlisi ustidan kuldi
“Milan” bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan Zlatan Ibrohimovich Dezentsano-del-Garda shahrida “Inter” muxlisi bilan hazillashdi.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, jarohatidan tiklanayotgan shved hujumchisi barda kofe ichib o‘tirganida bir guruh muxlislar kelib undan suratga tushish va avtograf berishini so‘ragan.
Ibrohimovich ular orasida “Inter” fanati borligini bilib qoldi.
- Sen “Inter” fanatimisan? Senga juda rahmim kelyapti, - dedi Zlatan unga hazil ohangida.
Ibrohimovich ayni paytda erkin agent hisoblanadi. U katta ehtimol bilan “Milan”dagi faoliyatini davom ettirishi va yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Fikrlar