
Sebastyan Oje jahon chempioni
Avstraliyada ralli bo‘yicha jahon chempionatining bu yilgi mavsumi yakunlandi.
Chempionatda “Xende” jamoasi a’zosi Terri Nevill 2 soat 35 daqiqa 44,8 soniyada marra chizig‘iga etib keldi va 13 bosqichning g‘olibiga aylandi. Shuningdek, poygada “M-Sport-Ford” jamoasi vakili Ott Tyanak, “Xende”ning yana bir vakili Xeyden Paddon so‘nggi bosqichda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Ralli bo‘yicha jahon chempionatining g‘olibi “M-Sport-Ford” jamoasi poygachisi Sebastyan Oje bo‘ldi. U Joriy yilda o‘tkazilgan 13 poygada 232 ochko to‘plab, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin 208 ochko to‘plagan Terri Nevillga nasib etgan bo‘lsa, jami 191 ochko to‘plagan Ott Tyanak uchinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar