VAR tizimi O‘zbekistonda qachondan ishlaydi?

  • 22 aprel, 2020, 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA Media bo‘limi “Savol yo‘llang!” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu loyiha doirasida tashkilot birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov muxlislar yo‘llagan savollarning eng saralariga javob berdi.

Tecno

– VAR tizimi O‘zbekistonda qachondan ishlaydi? (abdulaziz_3110)

– VAR tizimini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha dastlabki qadamlar hozirning o‘zida tashlangan. Biz o‘zbekistonlik mutaxassilarga tizimni o‘qitish bo‘yicha FIFA mutaxassislarini taklif etdik. Shundan so‘ng tizimning texnik jixozlash ishlarini boshladik. Xatto test rejimida ishlatib ham ko‘rdik. Albatta rasman ishga tushirish uchun bizning mutaxassislar bu yo‘nalishni to‘liq o‘zlashtirishi, stadionlar maxsus jixozlanishi, va eng muhimi VAR ishlatish uchun litsenziyaga ega bo‘lishimiz kerak. O‘ylaymanki bu ishlarni keyingi mavsum boshiga qadar yakuniga etkazamiz va tizimni ishga tushiramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!