Isroil Madrimov: Biz Kolumbiyaga g‘alaba qozonish uchun keldik!
Xabringiz bor, Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqichida “Uzbek Tigers” jamoasi ertaga Kolumbiyaning “Colombia Heroicos” jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
“Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi, iste’dodli bokschimiz Isroil Madrimovning Sports.uz muxbiriga bergan xabariga ko‘ra, bokschilarimiz Kolumbiyaga etib borgan.
"Biz Kolumbiyaga keldik va ertangi jangni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Ertangi jangda g‘alaba qozonib, guruh bosqichidan chiqish imkoniyatimizni yanada yaxshilashga bor kuch-g‘ayratimiz bilan xarakat qilamiz olamiz", - deydi Isroil.
Eslatib o‘tamiz, Soledadda bo‘lib o‘tadigan jangda jamoalarning C1 guruhi bokschilari o‘zaro kuch sinashadi.
Unda quyidagi bokschilar tarkibdan o‘rin olishgan:
49 kg: Mironshoh Ibragimov
56 kg: Shahobiddin Zoirov
64 kg: Iqboljon Xoldorov
75 kg: Isroil Madrimov
-91 kg: Sanjar Tursunov
Shuningdek, zaxira tarkibiga Odiljon Aslonov va Sardor Yormuhamedov kiritilgan.
Jamoaga murabbiylar shtabidan To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Ravshan Xo‘jaev o‘rin olgan.
Fikrlar