"Chelsi" yozda transfer qilgan futbolchisini sotib yubormoqchi
Londonning "Chelsi" klubi yozda hujumchi Liam Delapni sotib yuborishga tayyor. Bu haqida "Caughtoffside" nashri xabar bermoqda.
Manbada yozilgan ma'lumotga koʻra, agar London klubi forvardni arzon narxda sotadigan boʻlsa, "Manchester Yunayted" futbolchi uchun taklif joʻnatishga tayyor. Ma'lum boʻlishicha, "qizil iblislar" hujumchini oʻtgan yozda ham oʻz safiga qoʻshib olishga urinigan edi.
23 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma'lumot uchun, Liam yozda "koʻklar" safiga kelib qoʻshilgandi. Forvard joriy mavsum londonliklar safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.
Fikrlar