La Liga. "Atletik" "Eybar" bilan durang o‘ynadi
Eybar shahridagi «Munisipal de Ipurua» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.
17-daqiqada Sharles penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tar-o‘tmasdan esa Inyaki Uilyams muvozanatni tikladi va bellashuv so‘nggiga qadar hisob o‘zgarmadi.
Ma’lumot uchun, "Eybar" 11 ochko bilan turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. 8 ochkosi bor "Atletik" esa 17-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar