Nikolya Anelka murabbiylik faoliyatini boshladi

  • 07.11.2018 19:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi va Frantsiya terma jamoasi sobiq forvardi Nikolya Anelka murabbiylik faoliyatini boshlab yubordi.

39 yoshli frantsuz "Lill" klubi murabbiylar shtabida ish boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Unga ko‘ra Anelka jamoa hujumchilarini shug‘ullantiradi.

Ma’lumot uchun, Anelka so‘nggi bor Hindistonning "Mumbai Siti" klubida o‘ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!