Skolari: Neymar? Peledaqasi boshqa bo‘lmaydi
Braziliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari “pentakampionlar”ning Belgiyaga mag‘lub bo‘lib JCh-2018ni tark etganidan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Tajribali mutaxassis Neymarni Pelega tenglashtirish kerak emasligini aytdi.
“Biz Braziliyada Neymar kimu, Pele kim ekanligini yaxshi bilamiz. Biz Pele yagona ekanligini va bunday futbolchi boshqa dunyoga kelmasligini bilamiz. Futbolchi yaxshi va xatto buyuk bo‘lishi mumkin, ammo Peledaqasi boshqa bo‘lmaydi. Uning vorisi yo‘q. U bilan hech kim tenglasha olmaydi”, - deydi Skolari.
Ma’lumot uchun, Pele Braziliya terma jamoasi safida 3 marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar