Abdumalik Xalakov va Bobousmon Boturov "Gubernator kubogi"da navbatdagi janglarini o‘tkazdi
Xabaringiz bor, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks boyicha "Gubernator kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
-60 kg vaznda ishtirok etayotgan yosh va iste’dodli bokschimiz Abdumalik Xalakov ushbu bosqichda mezbonlar vakili Jamal Badrutdinovni 4:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
-69 kg vazn toifasida tajribali charm qo‘lqop ustamiz Bobousmon Boturov esa moldavalik Dmitriy Galagots ustidan 5:0 hisobida zafar quchib, yarim finalda o‘z yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

Fikrlar