Akmal Rustamov: "Bizning kunimiz emas ekan"

  • 19.03.2026 00:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Navoiyda bo‘lib o‘tgan “Qizilqum” – OKMK (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov mag‘lubiyat sabablari haqida fikr bildirdi.

- Avvalo, yaqinlashayotgan bayram hammamizga muborak bo‘lsin. Yaxshi o‘yin ko‘rdik. Bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. OKMK jamoasi 3 ta o‘yinda 1 ochko to‘plab turnir jadvalidа pastki o‘rinlarda borayotgani bois tezroq yuqoriga ko‘tarilishni rejalashtirgani aniq edi. Buni bilardik, futbolchilarimiz harakat qilishdi, ularga rahmat aytmoqchiman. Muxlislar ham qo‘llab-quvvatlashdi, barchasiga rahmat. Bugun bizning kunimiz emas ekan.

- Himoyada bir qator xatoliklar kuzatildi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Maydonga har doim 11 nafar futbolchi maydonga chiqadi va ular ham xato qiladi. Futbol xatosiz bo‘lmaydi. Birgina vaziyatda muvozanatni yo‘qotganimiz bizga qimmatga tushdi. Yaratilgan imkoniyatlarimizni golga aylantira olmadik. Ikkita o‘yinda g‘alaba qozonganimizdan keyin futbolchilarda ishonch ancha ortgandi. Ular borlarini berishgani uchun rahmat aytaman. Yaratilgan vaziyatlarimiz golga aylanmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!