Badavlat klub “Real” yulduzini transfer qiladi
Frantsiyaning eng badavlat klubi “Pari Sen-Jermen” klubi Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Eduardu Kamavingani yozgi transfer oynasida sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqida The Touchline nashri ijtimoiy tarmoq orqali xabar berdi.
Fransuz klubi mavsum yakunlangandan so‘ng yarim himoyachini sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Ilgari Kamavinganing nomzodi Londonning “Arsenal” jamoasiga ham taklif qilingani haqida xabarlar chiqqan edi.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda ishtirok etdi, ularda ikki gol va bir golli uzatma amalga oshirdi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar