"Barselona" Rayola bilan kelishuvga erishish arafasida
"Barselona" yanvar oyida himoyachi Serjino Destni sotishga tayyor. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Agar 21 yoshli futbolchi Kataloniya klubini tark etsa, jamoa uning o‘rniga "Ayaks" himoyachisi Nussair Mazrauini olib kelishni rejalashtirmoqda. Marokashlik futbolchi mavsum yakunida erkin agentga aylanishi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, "ko‘k-anorranglilar" allaqachon 24 yoshli marokashlik futbolchining agenti Mino Rayola bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Mazraui ushbu mavsum jami 21 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar