Benzema klubdan ketadigan bo‘ldi
Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubida o‘ynab kelayotgan mashhur hujumchi Karim Benzema shartnoma muddati tugashi bilan jamoani tark etadi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
- Karim Benzema mavsum oxirida “Al-Ittihod”ni erkin agent sifatida tark etishga tayyor. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida yakunlanadi, - deb yozdi Nikolo Skira.
Avvalroq, Benzemaga klub tomonidan shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif berilmagani xabar qilingan edi.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 37 yoshli Karim Benzema barcha turnirlarda 12 t uchrashuvda raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 7 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar