Biz u so‘ragan maoshni beramiz

  • 13.09.2021 06:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” mutasaddilari jamoaning etakchi himoyachilaridan hisoblangan Antonio Ryudiger bilan yangi bitim borasida kelisha olmayapti.

Tecno

Bosh murabbiy Tomas Tuxel klub rahbarlaridan germaniyalik futbolchi bilan shartnomani yangilashni talab qilmoqda. Ryudiger klub uning haftalik maoshini 130 ming funtdan 200 ming funtgacha ko‘tarmasa, ketib qolishini aytmoqda.

Vaziyatdan Londonning yana bir klubi – “Tottenxem” foydalanib qolmoqchi. Bu jamoa Ryudigerga so‘ragan maoshini berish barobarida asosiy tarkibdan muqim joy berilishini kafolatlamoqda.

Hozircha, tajribali himoyachi bu taklifga munosabat bildirgani yo‘q. Uni o‘z safiga chorlayotgan jamoalar orasida “Barselona” va “Real” ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!