Bu transfer amalga oshsa, Shomurodov asosiy hujumchiga aylanadi!

  • 27 aprel, 2022, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma”dagi dastlabki mavsumda to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan Temmi Abraxamning  xaridori ko‘payib ketdi. Rim klubi yozda angliyalik hujumchini sotib yuborishga tayyor ekanini bildirdi.

Football.London nashrining xabar berishicha, rimliklar 24 yoshli futbolchini 80 million evroga sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Avvalroq, Angliyaning bir necha klubidan Abraxamga bo‘lgan qiziqishni inobatga olgan “Roma” mutasaddilari unga 100 million evro narx belgilagandi. Shundan so‘ng, Temmiga qiziqish pasaydi.

Endi “Roma” narxni sezilarli darajada pasaytirdi. O‘tgan hafta “Arsenal” Temmini Londonga qaytarish uchun qariyb 60 million evro sarflashga tayyorligini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” yana Temmi Abraxam variantiga qaytgan. Ular jamoa to‘paurari bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu o‘rnini aynan Temmi Abraxam bosishi mumkinligiga ishonmoqda. Qolaversa, “Manchester Yunayted” mutasaddilari hujumda Abraxam va Jeydon Sancho tandemidan foydalanishni rejalashtirgan. Har ikki o‘yinchi Angliya terma jamoasi vakillari hisoblanadi.

76871373

Agar Abraxamning transferi amalga oshsa, Eldor Shomurodov “Roma”ning asosiy hujumchilaridan biriga aylanadi. Chunki Abraxam “Chelsi”dan olib kelungunga qadar “bo‘rilar” hujumida asosiy figura legionerimiz edi.

Aslida Shomurodovga ham Ispaniya, Italiya va Germaniya klublaridan chorlovlar bor. Lekin hujumchi zaxiraga o‘tirib qolgani bois narxi sezilarli darajada pasaygan. Eldorning transferi uchun 18 million evro sarflagan “Roma” uni arzon narxga qo‘yib yubormaydi.

Temmi Abraxamning vaziyati boshqacha. Rimliklar uni 40 million evroga xarid qilgan va bir mavsumda ikki baravar qimmatiga sotib, g‘aznaga mo‘may daromad qo‘shish imkoniga ega bo‘lib turibdi.

Dzanolo xaridorlar olidiga boradi

“Roma”ning Konferentsiyalar ligasi yarim finali Nikolo Dzanolo faoliyatini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Joze Mourino shogirdlari 28 aprelga belgilangan dastlabki uchrashuvda Angliyada “Lester Siti” mehmoni bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu uchrashuvda Nikolo Ddaznoloning o‘yinini ko‘rish uchun bir necha ingliz klublari skautlari ushbu bellashuvga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Calciomercato.com nashrining xabar berishicha, bo‘lajak bellashuvda “Manchester Yunayted”, “Nkasl” va “Tottegxem” o‘z selektsionerlarini 22 yoshli hujumkor futbolchi harakatlarini baholash uchun yuborishi aniq bo‘lgan. Bundan tashqari, Nikologa A Seriyadan “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turinliklar italiyalik futbolchi yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan argentinalik yulduz Paulo Dibalaning o‘rnini bosishini istamoqda.

“Roma” rahbariyati ayni paytga qadar Nikolo Dzanoloni yangi bitimga ko‘ndira olmadi. Hamkorlik yana ikki mavsum davom etishi belgilangan bo‘lsa-da, kelishuv yangilanmagan taqdirda klub futbolchini shu yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Rimliklar bu o‘yinchi transferini 50 million evroga baholamoqda.

ruu9b51bd100a

“Roma”ga yosh hujumchi kerak

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto yozda Frantsiya chempionati to‘purarlaridan Ugo Ekitikeni Rimga olib kelish uchun kurashmoqda.

“Reyms” jamoasi tarkibida ko‘p gol urayotgani bilan Evropa grandlari e’tiborini qozongan 19 yoshli frantsiyalik hujumchining o‘zi ham kuchli klublardan biriga o‘tishga qarshi emas.

Ekitikega iste’dodli yoshlar bilan ishlashni biladigan “Borussiya” ham jiddiy qiziqmoqda. Dortmundliklar bu o‘yinchi yaqin kelajakda jamoaning asosiy to‘purari Erling Xoland o‘rnini bosishiga ishonyapti.

Shu bois, “Roma”ga Ekitikeni transfer qilish oson bo‘lmaydi. “Reyms” rahbariyati vunderkind transferidan 20 million evro ishlab olishni istayapti.

Ekitike joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga o‘nta gol urdi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

fbl-fra-ligue1-bordeaux-reims-806x537

Mourino bitta qo‘ng‘iroq bilan katta transferni hal qildi!

Shomurodovsiz ham eplashdi! Mourino yana nimalar dedi?

Shomurodov pressingni bopladi, lekin...

“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!

Mourino o‘ynatmayotgan hujumchiga Ispaniya grandidan taklif bor

Premer-ligada gol urgan legionerimizga mag‘lubiyat juda alam qildi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!