"Chelsi" "Barsa" sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Chelsi" klubi jamoa sardori Sesar Aspilikueta bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. "Aspi" yangi imzolangan bitimga ko‘ra, 2024 yilga qadar jamoada to‘p tepishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Sesar londonliklarning sardori sifatida 2019 yildan beri harakat qilib keladi. Undan oldingi sardor Gari Keyxill edi.
"Aristokratlar" bilan birga u bir qancha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2013/2014 yilgi mavsumda ispaniyalik himoyachi jamoadoshlari tomonidan "mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi" deb topilgan.
Fikrlar