
Davron Fayziev: Germaniyalik mutaxassis javob bergandek bo‘ldi
APL 15-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" uchrashuvida mezbonlar Fredning 77-daqiqada urgan goli evaziga muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.
G‘alabadan so‘ng "qizil iblislar" ochkolari sonini 24 taga etkazgan holda, 6-o‘ringa ko‘tarildi. 16 ochkoga ega "Kristal Pelas" esa 12-pog‘onani band etgan.
O‘yindan keyin taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida murabbiyning dastlabki g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
- Nemischa pressing tashabbuskori Ralf Rangnik debyut o‘yinida g‘alabaga erishganini bildingiz. "Manchester Yunayted" faol bosim qilishni boshladi. Bunday uslubga Ronaldu qanchalik mos tushishi so‘roq ostida edi. Germaniyalik mutaxassis javob bergandek bo‘ldi. U tarkibda keskin o‘zgarishlar qilmadi, asosiy to‘purarni esa o‘ynatdi. Hozircha, ularning ishlab ketishida muammo kuzatilmayapti. Kuzatamiz, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar