Diego Simeone: "Endi bor e'tiborimizni Chempionlar ligasidagi uchrashuvga qaratishimiz zarur"

  • 05.04.2026 14:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing 30-turida "Barselona"dan qabul qilingan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Chetlatish bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirishni istamayman. Biz 1:2 hisobida yutqazdik, shuning uchun bu haqida nima deyishimizning ahamiyati yo‘q. Keling, konstruktiv mavzuda suhbatlashaylik. Vaziyat shunchalik aniq ediki, uni muhokama qilishning hojati ham yo‘q.

Birinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi. Biz yana bitta gol urishimiz mumkin edi. Ularda ham Yamalning ustunga tekkazgan zarbasi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda, tarkibimizda ko‘p yosh futbolchilar bo‘lgani va bir kishi kam qolganimizga qaramay, munosib o‘yin ko‘rsata oldik. Himoyada yaxshi harakat qildik. Yigitlar juda yaxshi bahs o‘tkazishdi. Endi e’tiborimizni Chempionlar ligasidagi uchrashuvga qaratamiz.

Menimcha, ular Kubokdagi kabi o‘ynaydi va o‘z maydonida tashabbusni qo‘lga oladi. Ular hujum qilish va ustunlikka erishish uchun gol urishga harakat qiladi. O‘yin boshqacha kechishini tasavvur qilmayman.

Qanday kechishini ko‘ramiz. Biz bugungidek ajoyib o‘yin o‘tkazishimiz kerak. Kubokdagi javob bahsida qiynalgan edik, ular bizga o‘ylash uchun vaqt qoldirmagandi. To‘pni erkin aylantirish yoki xavfli vaziyat yaratish imkonini bermagan, faqat birinchi bo‘limda Lukmanning imkoniyati bundan mustasno. Bu hozirgacha eng qiyin o‘yinlardan biri bo‘ldi.

Niko bilan bog‘liq epizod kamida sariq kartochkaga tortardi, u vaziyatga ulgurmagandi. Bu aniq ikkinchi sariq kartochka edi. Menga aytishlaricha, ehtimol Lamin Yamalda ofsayd bo‘lgan, shuni ilinij sifatida ko‘rish mumkin, ammo vaziyat juda aniq edi.

Niko yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Faqat kartochka bilan bog‘liq epizodni hisobga olmaganda, men uning harakatlaridan juda mamnunman. Yana takrorlayman, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka emas edi", — dedi Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!