YECHL. "Atletiko" va PSJning yarim finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

  • 15.04.2026 02:35
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Yevropa Chempionlar ligasida yarim finalga chiqqan ikki jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. Ular — PSJ va “Atletiko Madrid”.

Parijliklar chorak finalda “Liverpul”ni har ikki o‘yinda ham 2:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi ular yarim finalda “Real Madrid” — “Bavariya” juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

“Atletiko Madrid” esa “Barselona”ni mag‘lub etib (2:0, 1:2), yarim finalga chiqdi. Diego Simeone shogirdlari keyingi bosqichda “Arsenal” yoki “Sporting” jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!