Fernandesh Ronalduga boʻlga munosabati haqida gapirdi

  • 05.04.2026 16:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi va Portugaliya terma jamoasi yulduzi Brunu Fernandes Saudiya Arabistoni chempionatida "An-Nasr" safida to'p surayotgan hamyurti Krishtianu Ronalduga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.

- Krishtianu men uchun o'rnak. U "qizil iblislar" safida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. Ronalduning klubga qaytgan kunini hamma eslaydi. Bu unutilmas lahza. O'shanda "Old Trafford"da aqlbovar qilmas muhit hukm surardi, - deya portugalialikning so'zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu 2021 yilda "Manchester Yunayted"ga qaytgan edi. 2022 yil noyabr oyida tomonlar o'zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!