Hamdamov Xames Rodriges jamoasiga qarshi o‘yinda assist amalga oshirdi (video)

Qatar Yulduzlar Ligasi 18-turidan o‘rin olgan "Al-Sayliya" va "Ar-Rayyan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. 

Mezbonlar safida harakat qilayotgan legionerimiz Doston Hamdamov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Bahsning 70-daqiqasida Hamdamovning uzatmasidan so‘ng Strandberg hisobni ochdi. Hamyurtimiz 80-daqiqada zaxiraga olindi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Boliya oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

"Ar-Rayyan" safida to‘p tepayotgan kolumbiyalik yulduz Xames Rodriges ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, ushbu durangdan so‘ng "Al-Sayliya" o‘z ochkolarini 8taga etkazib oldi. 

hamdamov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Afzal Pirmatov
10/02/2022 21:16
Яхши омад