Josh Teylor va Xose Ramires mutlaq chempionlik uchun ringga ko‘tariladi

  • 11.08.2020 16:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Bob Arum dekabr oyida super engil  vazn toifasi (63.5 kg) etakchilari Xose Ramires va Josh Teylor o‘rtasida mutlaq chempionlik jangini o‘tkazishini ma’lum qildi.  Dastlab, 29 avgustda Xose  Ramires o‘ziga tegishli bo‘lgan WBC va WBO kamarlarini ukrainalik Viktor Postoldan himoya qilsa, sentyabr oyida WBA va IBF chempioni Josh Teylor ham himoya jangida Apinun Xongsongga qarshi ringga ko‘tarilishi reja qilingan.

Arum, agar muxlislar bilan o‘tadigan kechalarga ruxsat berilsa, Josh Teylor va Xose Ramires o‘rtasidagi mutlaq chempionlik jangini Buyuk Britaniyada tashkil qilishini aytib o‘tgan.

Ushbu vaznda Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev kuchli 15 talik reytingda qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!