Konferentsiyalar ligasi. Bugun "Roma" ishtirokidagi o‘yinni qaysi telekanal namoyish etadi?

  • 30 sentabr, 2021, 15:10
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar orasida "Zariya" - "Roma" bahsi ham bor.

Tecno

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "bo‘rilar" safarda Ukrainaning "Zarya" klubi bilan kuch sinashadi. 

Uchrashuvni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi.

Rimliklar joylashgan "S" guruhidagi ikkinchi bahs Norvegiyaning "Bude-Glimt" va TsSKA Sofiya klubi o‘rtasida kechadi. Bu bellashuv 21:45da start oladi.

Ma’lumot uchun, Joze Mourino shogirdlari birinchi turdan so‘ng guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Nevajno
30/09/2021 15:16
Русча шархини Матч Футбол 3 оберади бугун Машарипов жамоасиям уйниди уйин силкалари Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор, кимга кере боса