Kosta Braziliyada o‘ynaydi

  • 14.08.2021 13:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Taniqli hujumchi Diego Kosta faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi "Atletiko Mineyro" bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, shartnoma imzolanishi uchun faqatgina Kosta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi qolgan xolos. Uning tanishtiruv marosimi kelasi haftada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kostaning so‘nggi jamoasi "Atletiko" Madrid bo‘lgan edi. U “matraschilar” safida 2010-2014 hamda 2018-2020 yillarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!