Kurtuaning jarohati borasida ma’lumot berildi

  • 04.10.2022 09:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua dushanba kuni navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Siyatik asab bilan bog‘liq muammo belgiyalikni bezovta qilishda davom etmoqda va u Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasidagi “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, deb xabar beradi "COPE" (Siyatik, lomber radikulopatiya deb ham ataladi, bu siyatik asab bo‘ylab paydo bo‘ladigan og‘riqdir. Bu asab tos suyagining orqa qismidan sonning orqa qismigacha cho‘ziladi. Sizning siyatik asabingiz oyog‘ingizdagi asosiy asabdir. Bu butun tanangizdagi eng katta nervdir - tahr). 

Qayd etilishicha, Tibo Kurtua qachon qaytishi aniq sanasi ko‘rsatilmagan. Darvozabonning harr kuni shifokorlar nazoratida bo‘ladi.

Chempionlar ligasi doirasidagi “Real” – “Shaxtyor” uchrashuvi 5 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni "Real" Madrid 2022/2023 yilgi mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi. Karlo Anchelotti shogirdlari kutilmaganda “Osasuna” bilan durang o‘ynadi – 1:1. Navbatdagi uchrashuvlarda "Real" darvozasi katta ehtimol bilan ukrainalik Andrey Lunin qo‘riqlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!