
"Lester" Bundesliga grandidan futbolchi oldi
"RB Leyptsig" klubi yarim himoyachisi Ademola Lukman "Lester"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "tulkilar" 23 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqisiz 2022 yilning yoziga qadar ijaraga olishgan.
Lukman 2018 yildag buyon "RB Leyptsig" futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
U bungacha "Charlton", "Everton" va "Fulxem" klublarida ham to‘p surgan. Angliya yoshlar terma jamoasida 5 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar