“Liverpool” yetakchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot matbuot anjumanida chiqish qildi. Niderlandiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, asosiy darvozabon Alison jamoaga keyingi o‘yinlarda yordam bera olmaydi. Braziliyalik kutilganidan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuboradiganiga o‘xshaydi.
"Alison ertaga maydonga tushmaydi va PSJga qarshi keyingi o‘yinda ishtirok etmaydi. U uzoqroq muddatga safdan chiqdi. Biz uning mavsum oxiriga yaqin jarohatdan tuzalishini va sport dormasini tiklashini tilab qolamiz", - dedi Slot.
Eslatib o‘tamiz, Alison Beker FIFA kunlari oldidan “Brayton”ga qarshi uchrashuv oldidan jarohat olgan edi. OAVda uni xalqaro tanaffusdan so‘ng, “qizillar” safiga qaytishini taxmin qilishgan edi.
4 aprel, shanba kuni "Liverpul" Angliya kubogi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi bahsda maydonga tushadi.
Fikrlar