“Liverpul” mashhur futbolchiga shartnoma taklif qilyapti

  • 25.12.2025 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” jamoa etakchilaridan biri Aleksis Mak Allister bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirgan va unga shartnoma tayyorlamoqda.

Argentinalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2028 yilning yarmigacha amal qiladi, biroq “qizillar” rahbariyati unga sharoitlari yanada yaxshilangan yangi bitim berib, muddatni uzaytirishni ko‘zlayapti.

Bu haqda taniqli jurnalist Ien Doyl ma’lumot berdi.

Klubda jahon chempioniga “Real” jiddiy  qiziqish bildirayotganidan xabardor, shu sababli 27 yoshli futbolchi bilan yaqin vaqtda aniq muzokaralarni boshlashga tayyorlanyapti.

Mak Allister “Liverpul”ga 2023 yilning yozida “Brayton”dan ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda u Arne Slot jamoasida barcha musobaqalar doirasida 24 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!