Mirjalol Qosimov: "Achinarlisi, yo‘q joydan to‘p o‘tkazib yubordik"
OKMK – “Surxon” (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Ikkinchi o‘yinda oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yuboryapmiz. Uchrashuvga keladigan bo‘lsak, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Yana ikki ochkodan mahrum bo‘ldik.
“Surxon” oxirigacha kurashadigan, jamoaviy o‘yin ko‘rsatadigan, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan jamoaligi bejiz emas. Yigitlarga ham ta’kidlagandim. “Nasaf” bilan o‘yinda ham qarshi hujumlarda o‘ynab oxirgi daqiqada g‘alabani ilib ketgandi. Achinarlisi, yo‘q joydan to‘p o‘tkazib yubordik. Yo‘q joydan jarima zarbasi ishlandi. U yo‘g‘iga harakat qilamiz, boshqa iloji yo‘q.
Hamma uchrashuvlar oson emas. Oxirigacha va kurashlarga boy o‘yinlar o‘tyapti. “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvida ham 90+6-daqiqada gol bo‘ldi. Bu – futbol. Kamchiliklar ustida ishlaymiz va keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Fikrlar