MMAga o‘tish uchun qaysi sport eng zo‘r baza bo‘la oladi?
Amaldagi UFC chempion Islom Maxachev sambo aralash jang san'atlariga o'tish uchun eng yaxshi asos (baza) ekanini aytdi.
“Kurash sizni bardoshli va kuchli qiladi, biroq samboda texnika muhim ahamiyatga ega. Jangdagi birgina lahza hamma narsani o'zgartirishi mumkin. Men ham havaskor samboda katta tajribaga egaman”, – deya rossiyalikning so'zlarini keltirdi "Red Corner MMA".
Eslatib o'tamiz, Maxachev oxirgi jangini "UFC 322" turнирida avstraliyalik Jek Della Maddalenga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi va yarim o'rta vaznda chempionga aylandi.
Fikrlar