
Mourino "Manchester Yunayted"dan 250 mln talab qilmoqda
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoga yozgi transferlar mavsumi uchun 250 million evro ajratiladi.
Miror nashrining xabar berishicha, Mourino MYu klub rahbariyati vakili Ed Vudvord bilan jamoaning transfer siyosati haqida suhbatlashgan. Joze yozda klubga 5ta yangi futbolchini olib kelishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli mutaxassisning transfer bozoridagi maqsadi quyidagilar: “Tottenxem” futbolchisi Tobi Alderveyreld, “Shaxter” yarim himoyachisi Fred, Jorjino (“Napoli”) va Seri (“Nitstsa”).
Nashrning xabar berishicha, “Yunayted” Madridning “Real” klubida to‘p tepayotgan Beyl borasida muzokaralar olib borishni rejalashtirishmoqda, “Yuventus” himoyachisi Aleks Sandro esa yaqin kunlarda jamoaga o‘tishi mumkin.
Fikrlar