
"Neftchi" Ubaydullaevning transferini e’lon qildi
Yaqinda Sports.uz sayti orqali “Qizilqum”da to‘p surgan Muhsin Ubaydullaevning “Neftchi”ga o‘tgani haqida xabar bergandik.
Bugun “Neftchi” matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqlagan holda futbolchi rasman jamoa a’zosiga aylanganini e’lon qildi.
“Ilgari “Neftchi” tarkibida yorqin o‘yin namoyish etib, keyinchalik oxirgi uch mavsumda Navoiyning “Qizilqum” jamoasida faoliyat yuritgan tajribali himoyachi Muhsinjon Ubaydullaev qadrdon jamoasiga qaytdi va klub bilan shartnoma imzoladi”, - deyiladi matbuot xizmatining xabarida.
Fikrlar