PSJ yulduzini Angliya top-klublariga chorlashyapti

  • 03.04.2026 06:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen”ning portugaliyalik hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning X ijtimoiy tarmoғidagi ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Ramushni sotib olishga qiziqmoqda va allaqachon uning vakillari bilan bog‘langan.

Shuningdek, “Tottenxem Hotspur” ham tarkibini kuchaytirish maqsadida bu yozda Ramushni sotib olish imkoniyati haqida ma’lumot olgani xabar qilinmoqda.

Futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun parijliklar klubini tark etishga tayyor. Unga Angliya Premer-ligasining yana ikki vakili – “Chelsi” va “Nyukasl Yunayted” ham qiziqish bildiryapti.

Gonsalu Ramush 2024 yilda “Benfika”dan PSJga 65  million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 11 gol urdi va ikki golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!