Rafinya: “Biz yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz”

  • 07.05.2025 16:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" Chempionlar ligasi yarim finalida "Inter"ga qarshi mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandan so‘ng jamoaning etakchi futbolchilaridan biri hisoblangan Rafinya o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, muxlislarga murojaat qildi.

– Biz yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz. Barchaga qo‘llab-quvvatlov uchun rahmat, biz hali ham birgamiz. Mavsum hali tugagani yo‘q.

Har kuni bu ranglarni yanada katta faxr bilan kiyyapman, bu jamoam bilan faxrlanaman. “Barsa”ga shon-sharaf, – deb yozdi Rafinya ijtimoiy tarmoqda.

Hozirda “Barselona” La Liganing peshqadami sanaladi. Jamoa “Real”dan 4 ochko oldinda va finishgacha 4 tur qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!