“Real” kutilmaganda katta transferdan voz kechdi

  • 10.10.2024 16:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” joriy mavsumda himoya chizig‘ida qator muammolarga duch kelmoqda. Jamoaning aksariyat himoyachilar jarohat olib, turli muddatlarga safdan chiqdi. 

Xususan, jamoa sardori Daniel Karvaxal uchun mavsum juda erta yakunlandi. 

Karvaxalning jarohatidan keyin “Qirollik klubi” avvaliga o‘ng qano himoyasiga “Bayer” etakchilaridan Jeremi Frimpongni olib kelishni rejalashtirgan va bu borada harakatni boshlagan edi. 

Kutilmaganda madridliklar bu transferdan voz kechdi. Klub rahbariyati o‘ng qanot himoyasiga yangi o‘yinchi olmaydigan bo‘ldi. 

Frimpongning o‘zi “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan edi. Transfermarkt portali tomonidan 50 million evroga baholanayotgan himoyachi endi boshqa takliflarni kutishiga to‘g‘ri keladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!