“Roma” 10 nafar futbolchi bilan xayrlashadi. Shomurodovchi?

  • 19.08.2024 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” rahbariyati yuqori o‘rinlar uchun kurashish va Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishni maqsad qilgan.

Klub xo‘jayinlari bosh murabbiy Daniele De Rossiga tarkibni o‘ziga moslashtirib olish vakolatini bergan. Murabbiylar shtabi yozgi transferlar yakunlangunicha kamida o‘n nafar futbolchi bilan xayrlashishni ma’qul ko‘rdi.

Jamoadan ketayotgan o‘yinchilar orasida mashhulari ham bor. Xususan, hozirgacha klubni tark etgan Ussem Auar, Andrea Belotti va Leonardo Spinatstsola ancha nomdor charm to‘p ustalari hisoblanadi.

Kuzgacha Rimdan ketishi kutilayotganlar ro‘yxatiga himoyachilardan Kris Smolling, Nikola Zalevski,  Rik Karsdorp, yarim himoyachi Edoardo Bove, hujumchilardan Paulu Dibala, Temmi Abraham va Eldor Shomurodov ham kiritilgan.

“Roma” yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga Artyom Dovbik, Matias Sule va Entso Le Fe kabi yangi ijrochilarni qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!