“Roma”da katta yo‘qotish

  • 29 noyabr, 2021, 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” etakchisi va sardori Lorentso Pellegrini bir necha hafta davomida jamoasiga yordam bera olmaydi. Tajribali yarim himoyachi “Torino”ga qarshi uchrashuvning boshidayoq jiddiy jarohat olib, 15-daqiqada maydonni tark etdi.

Tecno

Afsuski, Pellegrini bir necha hafta davomida o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi, - dedi “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino.

Bu jamoa sardorining joriy mavsumdagi ikkinchi jarohatidir. Avvalroq, Pellegrini tizzasidagi muammo tufayli Italiya terma jamoasi yig‘inida ham to‘liq ishtirok etolmagandi.

Lorentso joriy mavsumda A Seriyada 13 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi va bir juft assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
29/11/2021 23:15
Eee mavrinyo sen kut san eldorni turmayapsan