Samarqand derbisida durang qayd etildi
Pro ligaga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Kattaqo‘rg‘on” futbolchilari rasmiy uchrashuvlar oldidan oxirgi nazorat o‘yinida maydonga chiqishdi.
Qayta tashkil etilgan klub viloyatning boshqa bir jamoasi “Dinamo” bilan ilk bor kuch sinashdi.
Bellashuv "Kattaqo‘rg‘on"ning keskin hujumlari ostida boshlandi. Birinchi taymda Giorgi Patsulayaning goli yagonaligini saqlab qolgan bo‘lsa, ikkinchi taym avvalida Azizbek Amonov muvozanatni tikladi va hisob uchrashuv yakunigacha saqlanib qoldi.
Fikrlar