Shatskix Jizzaxdagi durangdan so‘ng: "Himoyada bunday xatolar qilmaslik kerak"

  • 25.09.2023 10:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Coca-Cola Superliga 19-turida safarda «So‘g‘diyona» bilan durang o‘ynagan «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘yin haqida fikr bildirdi.

«O‘yinda etarlicha ustunlikka ega bo‘ldik, ammo g‘alaba qozona olmadik. Raqibda atigi ikkita hujum bo‘ldi. Shulardan bittasi esa gol. Himoyada bunday xatolar qilmaslik kerak.

Raqibning ko‘plab qarshi hujumlarini qo‘yib yubordik. Hisobni o‘yin oxirida tenglashtira oldik. Masalani avvalroq hal etish uchun imkonimiz bor edi», - deya fikr bildirdi, Shatskix.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дувлан
25/09/2023 12:26
Максим,гол уришни Достон, Диёр ваХожиакбарларга қўйиб бер,кўпроқ дарвозага тепишсин.